«Sen qudrat manbai, saodat maskani, jonajon Oʻzbekistonim!»
Bu yilgi Vatan Mustaqilligini tinchlik, osoyishtaligimizga shukronalar keltirib, «Sen qudrat manbai, saodat maskani, jonajon Oʻzbekistonim!» degan ulugʻvor shior ostida nishonlayapmiz. Mamlakatimizda oʻtgan yillar davomida istiqlolimizni mustahkamlash, xalqaro maydonda nufuzga ega boʻlish va albatta, rivojlangan mamlakatlar qatoridan joy olish uchun misli koʻrinmagan ishlar amalga oshirildi va bu borada yuzlab loyihalar tatbiq etildi.
Keling, eng muhimlarini sanab oʻtaylik:
-xalq qabulxonalarining tashkil etilishi orqali aholi murojaatlari bilan ishlashning yangicha prinsipi joriy etildi;
-davlat xizmatlari agentliklari orqali xizmat koʻrsatish tizimidagi qulayliklar va yangiliklarga erishildi;
-harakatlar strategiyasini amalda taʼminlash choralari koʻrilmoqda;
-mahalla tizimiga yangicha imkoniyatlar berildi;
-ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash uchun milliardlab mablagʻ ajratildi;
-jamoatchilik palatasi tashkil etildi;
-yoshlar parlamenti faoliyat boshladi.
Bu roʻyxatni uzoq davom ettirish mumkin. Bularning barchasi inson omilini yuksaklarga koʻtarish, xalqimiz hayotini yaxshilash, oʻtayotgan har bir kunidan rozi qilish, kayfiyatini koʻtarish, eng asosiysi, har bir sohada, yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarimizda adolat mezonlari taʼminlanishiga jiddiy eʼtibor qaratilmoqda.
Taʼkidlash lozim, bu yil yurtimiz uchun ancha ogʻir keldi. Buxoro viloyatining Olot va Qorakoʻl tumanlarida kuchli shamol va yomgʻir oqibatida iqtisodiy tarmoqlar, birinchi navbatda energetika, ijtimoiy soha, koʻp qavatli uy-joy fondi, yakka tartibdagi aholi xonadonlari, madaniy meros obyektlari, qishloq xoʻjaligi ekinlari katta talofat koʻrdi. Yuz bergan tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish uchun davlat byudjetidan 100 mlrd. soʻm ajratildi.
Sirdaryo viloyatining “Sardoba” suv omborida sodir boʻlgan suv toshqini oqibatida 70 mingga yaqin fuqaroni evakuatsiya qilishga toʻgʻri keldi.
Har ikkala talofat boʻyicha mamlakat rahbarining hududlarga borib aholi bilan uchrashgani va ularning turmush tarzini tiklash uchun zarur boʻlgan koʻrsatmalarni bergani barcha uchun oʻrnak boʻldi. Koʻrilgan zararni qoplash, aholi turar joy obyektlarini qurish uchun davlat byudjetidan 1,5 trillion mablagʻ yoʻnaltirildi.
Albatta, bu jarayonlarda xalq vakillari – deputatlar ham faol ishtirok etib, respublikamizning barcha aholisini jalb qilgan holda oʻzlarining ijtimoiy koʻmaklarini berishdi, dalda boʻlishdi, birdamliklarini isbotlashdi.
Bugun butun dunyoni tashvishga solayotgan va insonlar salomatligi, iqtisodiy oʻsishiga jiddiy zarar yetkazayotgan pandemiya ming afsuski, mamlakatimizni ham chetlab oʻtmadi. Mart oyida boshlangan karantin hali-hanuz aholi uchun bir qancha noqulayliklar va xavotirlarni keltirib chiqarmoqda. Kasallik tarqalishining oldini olish, aholini virusdan himoya qilish, sogʻliqni saqlash tizimini isloh etish va rivojlantirish, pandemiyadan kasallanganlarni davolash uchun joy hozirlash va kerakli tibbiy jihozlar bilan taʼminlash, shuningdek, tibbiyot xodimlarini ragʻbatlantirish, ishchi-xodimlarning maoshini saqlab qolgan holda masofadan turib faoliyat olib borishlarini taʼminlash uchun qator muhim loyihalar amalga oshirildi.
Moliya vazirligining hisobotiga koʻra, birgina sogʻliqni saqlash tizimida pandemiya xavfini pasaytirish uchun 50 trilliondan ortiq mablagʻ sarflandi. Bundan tashqari aholiga ijtimoiy koʻmak berish maqsadida “temir daftar”, “kambagʻallikni qisqartirish” kabi koʻplab loyihalar hayotga tatbiq qilindi.
Yil qanchalik ogʻir kelmasin erishilgan yutuqlar, iqtisodiy rivojlanish, ishlab chiqarish va aholini ish bilan taʼminlash masalalari ham salmoqli boʻldi. Har bir ishimiz, hayotimiz, kelajagimiz ishonchli himoya qilinayotgani, taqdirimiz eʼtiborda ekani bizga kuch beradi, qudratimizni oshiradi, yangi-yangi tashabbuslarga undaydi.
Istiqlol shukuhi barchamizga koʻtarinkilik ulashish bilan birga, oldimizda hali uzoq yoʻl borligini, mana shu yoʻlda birdamligimiz, birligimiz va xalqparvarligimiz bilan mardonavor qadamlarni birga bosib, koʻplab yutuqlarimizga qanot boʻlishini bot-bot eslatib turibdi. Shu bois, har yili bu sanani eng aziz, eng moʻtabar, qadrli, betakror bayram sifatida keng nishonlab kelamiz.
Umida RAHMONOVA,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring