Saudiya Arabistonida oilaviy zoʻravonlikka uchragan ayol Oʻzbekistonga qaytarildi
Foto: “Dunyo”
Saudiya Arabistonining Dammam shahrida oilaviy zoʻravonlik qurboni boʻlgan oʻzbekistonlik vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Oʻzbekiston diplomatik missiyasidan olingan maʼlumotlarga koʻra, Dammam shahrida uzoq yillardan buyon istiqomat qilib kelgan va xorijlik turmush oʻrtogʻining gʻayriinsoniy tazyiqi ostida qolgan R.G. ismli ayol Oʻzbekistonga qaytarishni soʻrab ariza bilan murojaat qilgan.
Oʻzbekiston elchixonasi va Saudiya Arabistoni Tashqi ishlar vazirligi hamkorligida amalga oshirilgan ishlar natijasida R.G.ning Saudiyadan chiqishi uchun viza rasmiylashtirilgan.
Shundan soʻng u Dammam-Sharja-Toshkent aviareysi bilan Oʻzbekistonga kuzatib qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring