Bloomberg: AQSHning Ukraina boʻyicha tinchlik rejasidan Rossiyaning muzlatilgan aktivlari haqidagi band olib tashlandi
Bloomberg yozishicha, AQSHning soʻnggi tinchlik reja loyihasidan Rossiyaning muzlatilgan aktivlaridan 100 mlrd dollar ajratish haqida koʻzda tutilgan band olib tashlangan.
Agentlik manbalariga koʻra, ushbu bandning yoʻqotilishi Yevropa rasmiylari tomonidan ijobiy qadam sifatida baholangan.
Avvalgi taklifga koʻra, AQSH ushbu aktivlar boʻyicha foydaning 50 foizini olishi kerak edi, foydalanilmay qolgan muzlatilgan mablagʻlar esa Rossiya-Amerika investitsiya jamgʻarmasiga yoʻnaltirilishi rejalashtirilgandi.
Shu bilan birga, Yevropa Ittifoqi davlatlari muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanishning huquqiy mexanizmlarini ishlab chiqishga urinmoqda.
Avvalroq Ukraina deputati Aleksey Goncharenko AQSH taklif qilgan 28 bandlik tinchlik rejasini eʼlon qilgandi. Unda Ukrainaning NATOga kirmasligi, tinchlik bitimi imzolangach 100 kun ichida saylov oʻtkazilishi, Qrim, Lugansk va Doneskni de-fakto Rossiya hududi sifatida tan olish kabi talablar mavjud.
Keyinchalik Reuters AQSH rejasiga Yevropa ittifoqdoshlarining muqobil taklifi boʻlgan hujjatning toʻliq matnini eʼlon qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring