Qirgʻiziston sobiq prezidentining oʻgʻli ommaviy tartibsizliklar tayyorlashda ayblanib hibsga olindi
Qirgʻiziston sobiq prezidenti Almazbek Atambayevning oʻgʻli Qadyrbek Atambayev, shuningdek bir guruh siyosatchilar mamlakatda ommaviy tartibsizliklar uyushtirishga tayyorgarlik koʻrganlikda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda Qirgʻiziston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, Qadyrbek Atambayev, Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi Davlat qoʻriqlash xizmati sobiq rahbari Damir Musakeyev, Sotsial-demokratlar partiyasi yetakchisi Temirlan Sultanbekov, parlamentning sobiq deputatlari Shaylobek Atazov va Kubanychbek Qodirovlar qoʻlga olingan:
Maʼlum qilinishicha, ushbu shaxslar mamlakat boʻylab, ayniqsa saylov natijalari eʼlon qilingandan keyin janubdan boshlab Bishkek va boshqa viloyatlarga yoyiladigan norozilik mitinglari seriyasini rejalashtirgan. Ular “ommaviy norozilik kayfiyati”ni yaratish, anti-konstitutsion chaqiriqlar qilish, hatto maʼmuriy binolarni, telekanallarni, kuch tuzilmalari obyektlarini, qurol-yarogʻ va jazoni ijro etish tizimi muassasalarini egallash imkoniyatlarini koʻrib chiqqan.
Taʼkidlanishicha, guruh aniq iyerarxiya va rollar taqsimotiga ega boʻlgan: “muvofiqlashtiruvchi guruhlar” siyosiy talablarni ilgari surishi, “kriminal tuzilmalar” esa kuch bilan taʼminlashni amalga oshirishi kerak edi. Ayrim ishtirokchilar hatto kelajakdagi lavozimlarni oldindan oʻzaro boʻlib olishgan.
Oʻtkazilgan tintuvlar vaqtida qurol-yarogʻ, oʻq-dorilar, granatalar, aloqa vositalari, tartibsizliklarni moliyalashtirishga oid hujjatlar, harakat rejalar, narkotik moddalar hamda 150 ming dollar miqdoridagi naqd pullar aniqlanib, musodara qilingan. Zanjirga ilinuvchilar qamoqqa olingan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining III yigʻilishi oʻz ishini boshladi
- Poytaxtga avtomobillar kirishiga hech qanday taqiq yoʻq — Toshkent shahar hokimligi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring