Samarqandda sodir boʻlgan YTHda Nexia-2 mashinasi ikkiga boʻlinib ketdi
Samarqand shahrida sodir boʻlgan YTHda Nexia-2 mashinasi ikkiga boʻlinib ketdi. Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, hodisa kecha, 18-may kuni soat 23:00 larda Samarqand shahar Xoʻjadonyor MFY hududidan oʻtuvchi Islom Karimov koʻchasida sodir boʻlgan.
Unda 33 yoshli haydovchi Nexia-2 mashinasida ketayotib, rul boshqaruvini yoʻqotgan va yoʻlning oʻng tomon chetki qismida joylashgan temir ustunga oʻng yon tomon orqa eshigi bilan urilgan. YTH oqibatida yoʻlovchilar jarohatlangan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq Surxondaryoda svetoforning qizil ishorasida harakatlan Cobalt piyodalar yoʻlagidan oʻtayotgan yosh bolalarni urib ketgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, kecha, 18-may kuni Toshkent shahri Yashnobod tumanida Gentra avtomashinasi ТАПОиЧ koʻprigidan pastga qulab tushgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Urush, jasorat va sport: hafta davomida dunyo eʼtiborini tortgan 10 ta surat
- “Humans” Oʻzbekistondan yuzlab million dollar zararni qoplashni talab qilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring