Samarqandda Xalqaro avtomobil federatsiyasi tashkil etilganligining 120 yilligi munosabati bilan yigʻilish boʻlib oʻtdi
Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. Samarqanddagi “Ipak yoʻli” xalqaro turizm markazida Xalqaro avtomobil federatsiyasi (FIA) tashkil etilganligining 120-yilligi munosabati bilan yigʻilish boʻlib oʻtdi.
Unda federatsiyaga aʼzo boʻlgan 147 mamlakatdan 500 dan ortiq mutasaddilar, avto-moto klublar, federatsiyalar va assotsiatsiyalar delegatlari ishtirok etdi.
Tantanali ochilish marosimida soʻzga chiqqanlar, ishtirokchilarni qutlab, dunyo miqyosida rivojlanib borayotgan avtosportni yanada ommalashuvida ushbu konferensiyaning ahamiyati haqida toʻxtalib oʻtdi.
Tadbir doirasida Xalqaro avtomobil federatsiyasi prezidenti Muhammad Ahmad ben Sulayem Olimpiya shaharchasidagi bunyodkorlik ishlariga avtosport mutaxassislarini jalb qilishda koʻmak berilishini maʼlum qildi. Buyuk Ipak yoʻli davlatlari avtosportchilar oʻrtasida “Silk road cup” xalqaro musobaqasini tashkil etish taklifini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring