Sabina Boboqulovadan Oltinoy Sotimboyevagacha: Oʻzbekiston bokschi qizlari jahon chempionatiga yoʻl olishdi

8-17-mart kunlari Serbiyaning Nish shahrida boks boʻyicha ayollar oʻrtasida jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Ushbu nufuzli musobaqada Oʻzbekiston terma jamoasi ham ishtirok etadi. Jamoamiz aʼzolari jahon birinchiligi uchun kurashish maqsadida Serbiyaga joʻnab ketishdi.
Qayd etilishicha, terma jamoamizning murabbiylar shtabi jahon chempionatida ishtirok etadigan sportchilar tarkibini aniqladi. Tajribali murabbiy Elshod Rasulov boshchiligidagi jamoa tarkibidan 12 nafar bokschi joy oldi. Ular turli vazn toifalarida Oʻzbekiston sharafini himoya qiladi va yuqori natijalarga erishish uchun ringga chiqishadi.
Jamoa tarkibidan -48 kg vazn toifasida Farzona Fozilova, -50 kgda Sabina Boboqulova, -52 kgda Feruza Kazakova va -54 kgda Aziza Yoqubova joy olgan. -57 kgda Nigina Oʻktamova, -60 kgda Sitora Turdibekova, -63 kgda Odinaxon Ismoilova, -66 kgda esa Navbahor Hamidova ishtirok etadi.
Shuningdek, -70 kg vazn toifasida Oysha Toirova, -75 kgda Aziza Zokirova, -81 kgda Sohiba Roʻzmetova hamda +81 kg vazn toifasida Oltinoy Sotimboyeva jahon chempionatida ishtirok etishadi. Ushbu sportchilar oʻz kuchlarini sinab koʻrish va xalqaro maydonda yuqori natijalarga erishish uchun tayyorgarlik koʻrib kelishgan.
Oʻzbekiston bokschi qizlari oldingi yillarda xalqaro maydonlarda oʻzlarini koʻrsatib kelishgan. Ushbu jahon chempionatida ham ular oʻz mahoratlarini namoyish etib, yurtimiz bayrogʻini baland koʻtarishga harakat qilishadi. Chempionatda ishtirok etayotgan bokschilarimizga omad tilaymiz!
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ayrim oilalarga bir martalik moddiy yordam beriladi
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring