Rossiya Federatsiyasi Prezidenti davlat tashrifi bilan Oʻzbekiston Respublikasida boʻladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin 26–27-may kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda boʻladi.
Tashrif dasturida oliy darajadagi muzokaralar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan.
Boʻlajak uchrashuv kun tartibidan Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va chuqurlashtirish masalalari oʻrin olgan.
Amaliy hamkorlikni kengaytirishga, eng avvalo, oʻzaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarida kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, innovatsion hamkorlik dasturlarini qoʻllab-quvvatlash, faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirishga alohida eʼtibor qaratiladi.
Sammit yakunlari boʻyicha ikki tomonlama hujjatlar toʻplamini qabul qilish rejalashtirilgan.
Davlat rahbarlari, shuningdek, Oʻzbekiston va Rossiya hududlari kengashining birinchi yigʻilishida ishtirok etadilar.
Tashrif arafasida Toshkent shahrida bir qator qoʻshma tadbirlar – yetakchi muhandislik-texnika oliy oʻquv yurtlari rektorlarining uchrashuvi, tibbiyot ilmiy-amaliy konferensiyasi va Rus sanʼati haftaligi boʻlib oʻtayotganini taʼkidlash joiz.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring