Ronaldudan gol, Feliksdan xet-trik
29-avgust kuni futbol boʻyicha Saudiya Arabistoni Professional ligasi start oldi.
Krishtianu Ronaldu boshchiligidagi “Al-Nasr” jamoasi birinchi turni Burayda shahrida “Al-Taavun” klubiga qarshi oʻtkazdi.
Oʻyin Jorje Jezus jamoasining 0:5 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda gollarga jamoaning 30 million yevrolik transferi Joau Feliks (3 ta), Kingsli Koman va Krishtianu Ronaldu mualliflik qildi.
Turning boshqa oʻyinlarida amaldagi vitse-chempion “Al-Hilol” jamoasi “Al-Riyod” ustidan Moteb Al-Harbi va Malkom tomonidan kiritilgan gollar evaziga gʻalaba qilgan boʻlsa, Osiyo Elit chempionlar ligasi gʻolibi “Al-Ahli” klubi liga debyutanti “NEOM” jamoasi ustidan Ivan Touni tomonidan kiritilgan yagona gol evaziga gʻalaba qildi.
Bugun ligada birinchi tur oʻyinlariga yakun yacaladi. Kun davomida amaldagi chempion, Karim Benzema sardorligidagi “Al-Ittihod” klubi Najron shahrida “Al-Oxdud” klubi mehmoni boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring