Raqobat qoʻmitasi «Korzinka»ga jazo belgiladi
Foto: korzinka.uz
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi «Korzinka» supermarketlar tarmogʻi («Anglesey Food» MCHJ XK) tomonidan joylashtirilgan reklama boʻyicha oʻrganish ishlari olib borilayotganligini maʼlum qilgan edi.
Qoʻmita matbuot xizmatning maʼlum qilishicha, isteʼmolchilarning huquqlarini himoya qilish va reklama toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilishi yuzasidan ishlarni koʻrib chiqish boʻyicha Maxsus komissiya tomonidan qoʻzgʻatilgan ishda «Korzinka» supermarketlar tarmogʻi brendi ostida faoliyat koʻrsatuvchi «Anglesey Food» MCHJ XK aybdor deb topildi.
Shunga koʻra, kompaniyaga nisbatan belgilangan tartibda moliyaviy jarima qoʻllanildi, shuningdek, unga ushbu reklama boʻyicha qonun buzilishiga yoʻl qoʻyilgan holatlarni bir oylik muddatda bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatma berildi.
«Shuni alohida taʼkidlab oʻtgan boʻlar edikki, Raqobat qoʻmitasi barcha tadbirkorlik subyekti vakillarini mamlakat iqtisodiyoti va aholining bandligini taʼminlashdagi hissalarini qadrlagan holda, mamlakatimizda mavjud amaldagi qonunchilik hujjatlariga asosan qonuniy faoliyat olib borishlarini va jamiyatimizda demokratik qonuniy muhit shakllanishiga oʻz hissalarini qoʻshishlarini soʻrab qolamiz», deyiladi xabarda.
«Korzinka» esa oʻz ijtimoiy tarmoqlarida «Eng arzon narx» dasturi endi Buxoro va Navoiy viloyatlarida ham amal qilishini bildirib oʻtgan. Hozircha kompaniya belgilangan jazoga munosabat bildirmadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring