Ramzan Qodirov Shavkat Mirziyoyevga ikkita zotdor ot sovgʻa qildi
Foto: Videodan kadr
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ikkita zotdor ot sovgʻa qildi. Bu haqda Qodirov oʻzining Telegram kanalida xabar berdi.
Uning qayd etishicha, Shavkat Mirziyoyevning jonivorlarga boʻlgan muhabbati ancha yuqori va Qodirov aynan shu sababdan bu sovgʻa unga maʼqul kelishiga ishonch bildirgan.
“Bugun Grozniyda “Axmat” Osiyo jang ligasi prezidenti Nodir Qodirovga ikkita zotdor otni topshirdim. Bu Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga oʻtgan tugʻilgan kuni munosabati bilan sovgʻa. Uning jonivorlarga boʻlgan muhabbatini bilganim uchun bu sovgʻa unga maʼqul kelishiga ishonaman. Otlar juda yaxshi va yosh boʻlishiga qaramay, turli musobaqalarda oʻzlarini juda muvaffaqiyatli namoyon etgan”, deydi Qodirov.
Shuningdek, u Checheniston va Oʻzbekiston oʻrtasida “yaqin qardoshlik munosabatlari” shakllanganini taʼkidlagan.
“Shubhasiz, bunda shaxsan Shavkat Miromonovichning xizmati katta. Biz ham Checheniston, ham Oʻzbekiston taraqqiyotiga xizmat qiladigan tajriba va bilimlarimizni faol almashib kelmoqdamiz. Oʻzbekiston xalqiga farovonlik, Shavkat Mirziyoyevga esa uzoq umr va mamlakatni rivojlantirish boʻyicha rejalarini amalga oshirishda muvaffaqiyatlar tilayman”, deya qoʻshimcha qilgan Checheniston rahbari.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring