Radarlar xavfsizlikka xizmat qilishi kerak, jazolashga emas
Maʼlumki, Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga koʻra tegishli hujjatning “Radar” bandida yoʻllarda avtomobil haydovchilari belgilangan tezlikka rioya etishi radarlar yordamida nazorat qilinayotganligini bildiruvchi yoʻl belgisi harakatlanish tezligi nazoratga olingan barcha joylarga oʻrnatilishi shartligi mustahkamlab qoʻyilgan.
Aniqroq aytganda, statsionar maxsus texnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda doimiy yoʻl belgilarini, koʻchma maxsus texnika vositalaridan foydalaniladigan joylarda esa koʻchma ustunga vaqtinchalik yoʻl belgilarini oʻrnatish koʻzda tutiladi, deb belgilangan, Ammo barcha holatlarda ushbu qoidaga amal qilinyapti, deb aytib boʻlmaydi.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi OʻzXDP fraksiyasining bir guruh deputatlari oʻtkazgan oʻrganishlar davomida Toshkent — Andijon (A-373) yoʻnalishida tezlikni oshirmaslik boʻyicha 100 dan ortiq “radar” belgilari oʻrnatilgan. Oʻrganish kunlari (2021-yil 18-19-may) 10 dan ortiq statsionar, koʻchma va mobil “radar”lardan foydalanilayotgani maʼlum boʻldi. Toshkent — Samarqand (M-34 va M-39) yoʻnalishida esa 120 dan ortiq “radar” yoʻl belgilari, oʻrganish kunlari (2021-yil 20-21-may) 20 dan ortiq “radar”lar faoliyat koʻrsatgan.
Kuni kecha bizning tanqidimizdan soʻng nihoyat Toshkent shahridagi radarlar joylashgan manzillar jamoatchilikka oshkor etildi. Lekin Oʻzbekiston Respublikasi faqat Toshkent shahridan iborat emas-ku, asosiy eʼtirozlar hududlardan, katta magistral yoʻllardan tushayotganiga nahotki masʼul tashkilotlar vakillari panja ortidan qarayotgan boʻlsa?
Mana shu holatlarning aksariyatida Vazirlar Mahkamasining “Yoʻl harakati qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga amal qilinmayapti. Demak, xulosa qilishimiz mumkinki, haydovchilarga koʻplab holatlarda yozilayotgan jarimalar noqonuniydir. Ichki ishlar vazirligi deputatlar va haydovchilarning asosli eʼtirozlariga nisbatan munosabat bildirishlarini soʻrab qolamiz.
Firdavs Sharipov,
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati,
Xalq demokratik partiyasi fraksiyasi aʼzosi
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Lamin Yamal “Barselona”ni tark etishi mumkin
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
- Har bir hududda “Kasaba uyushmalari bogʻlari” tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring