Qurbon hayiti munosabati bilan qoʻshimcha poyezd qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi
Qurbon hayiti bayrami munosabati bilan qoʻshimcha mahalliy poyezd qatnovlari yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, 15, 16, 17-iyun kunlari Samarqand — Toshkent — Samarqand yoʻnalishida «Afrosiyob» elektropoyezdining qoʻshimcha harakati yoʻlga qoʻyildi. Poyezd quyidagi jadval asosida harakatlanadi:
775-sonli Samarqand — Toshkent yoʻnalishi: Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26;
776-sonli Toshkent — Samarqand yoʻnalishi: Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.
Shuningdek, 14-iyundan 20-iyunga qadar quyidagi yoʻnalishlarda 4 tadan 6 tagacha qoʻshimcha vagonlar ulanib, poyezdlar tarkibidagi vagonlar soni 16 tadan 22 tagacha oshiriladi:
Toshkent — Xiva — Toshkent;
Toshkent — Qoʻngʻirot — Toshkent;
Toshkent — Shovot — Toshkent;
Toshkent — Termiz — Toshkent;
Avvalroq,Qurbon hayiti munosabati bilan qoʻshimcha mahalliy aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilishi haqida xabar bergan edik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring