Qozogʻistonda 7 nafar oʻzbekistonlik is gazidan vafot etdi
Foto: Mang‘istov viloyati hokimligi
Qozogʻistonning Mangʻistov viloyatidagi xonadonda 7 nafar Oʻzbekiston fuqarosi is gazidan vafot etdi. Bu haqda viloyat hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, hodisa bugun, 2-mart kuni Moʻynoli tumani Basquduq qishlogʻidagi xususiy uylardan birida sodir boʻlgan. Yordamga yetib kelgan qutqaruvchilar va tez tibbiy yordam brigadalari voqea joyida yetti kishi barchasi vafot etganini aniqlagan, ulardan besh nafari voyaga yetmaganlar boʻlgan.
Qurbonlarning barchasi Oʻzbekiston fuqarolari boʻlib, ular Qozogʻistonda vaqtincha istiqomat qilgan.
Mangʻistov viloyati FVBning dastlabki maʼlumotlariga koʻra, hodisa gaz uskunalaridan foydalanish qoidalarining buzilishi oqibatida yuz bergan.
Hozirda vaziyat viloyat hokimining shaxsiy nazoratiga olingan va favqulodda hodisa sabablarini tekshirish uchun maxsus komissiya tuzilgan.
“Halok boʻlgan oilaning yaqinlariga har tomonlama yordam koʻrsatiladi, jumladan, dafn marosimi oʻtkaziladi”, deyiladi hokimlik xabarida.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Ilm-fan sohasida xotin-qizlarga yaratilgan imkoniyatlarga bagʻishlangan anjuman
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring