Qozogʻiston Oʻzbekiston orqali 922 million kubometr suv oladi

Joriy yilning sugʻorish mavsumida Qozogʻiston Oʻzbekiston orqali “Doʻstlik” kanalidan 922 million kubometr suv oladi. Bu haqda Qozogʻiston Suv xoʻjaligi va Irrigatsiya vaziri Nurjan Nurjigitov davlatlararo suv xoʻjaligini muvofiqlashtirish komissiyasining 86-yigʻilishida maʼlum qildi. Uchrashuvda Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston va Oʻzbekiston davlati vakillari qatnashgan.
Shu bilan birga Turkiston viloyatining “Shardara” suv omborida 4,8 milliard kubometr, Qirgʻizistonning “Toʻqtagul” suv omborida 8 milliard kubometr suv toʻplangan boʻlib, ushbu ombor suvlari Qozogʻiston janubidagi yerlarni sugʻorish uchun ishlatiladi.
Yigʻilishda “Norin—Sirdaryo” suv ombori kaskadini joriy yilning 30-sentyabriga qadar ishlatish boʻyicha prognoz jadvali ham tasdiqlandi.
— Hozirgi birinchi vazifamiz toshqin suvini yigʻish. Biz uni Kaspiy dengizi, Balxash, Qamish-Samar koʻllariga, Ulitov viloyatidan Qiziloʻrda viloyati koʻllariga yoʻnaltiramiz. Lekin shu bilan birga janubiy viloyatlarni ham suv bilan taʼminlash muhim ahamiyatga ega boʻlib, bu masalada suv diplomatiyasi juda muhim, — degan Nurjon Nurjigitov.
Qayd etilishicha, “Markaziy Osiyo mamlakatlari oʻrtasida suv-energetika sohasidagi hamkorlik mexanizmini yaratish toʻgʻrisida”gi shartnoma loyihasi ham ishlab chiqilayotgani aytilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring