Qopqoq oʻgʻrilari qopqonga tushdi
Istam IBROHIMOV/“Xalq soʻzi”. Keyingi paytda Buxoro viloyatining bir qator hududlarida suv va oqava quvurlarining choʻyan qoplamasi, yaʼni qopqoqlari yoʻqolib qolishi hollari koʻpaydi. Bu nafaqat “Buxoro suv taʼminot” aksionerlik jamiyati jamoasi, balki jamoatchilikni ham xavotirga solib qoʻydi.
Negaki, choʻyan qopqoqlar oʻrni ochiq qolgach, yoʻl harakati xavfsizligiga ziyon yetadi. Ular yoʻlovchilar, jumladan bolalarning salomatligi uchun ham jiddiy xavf tugʻdiradi. Demak, gap faqat korxonaga yetkazilgan moddiy zarar haqida ketmayapti.
“Buxoro suv taʼminot” aksionerlik jamiyati matbuot xizmati tarqatgan xabarga qaraganda, choʻyan qopqoqlarning yoʻqolib qolish holatlari xususan, Kogon shahri va tumanida koʻp kuzatilgan. Buni qarangki, kuni kecha qopqoq oʻgʻrilari qopqonga tushdi. Kogon shahridagi kuzatuv kameralarining birida tun qorongʻisidan foydalanib, choʻyan qopqoqni oʻmarayotgan ikki shaxs tasviri muhrlandi. Avtomobilda kelib, shu jinoyatga qoʻl urgan ikkala fuqaro qilmishi Kogon shahar ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan oʻrganildi. Jinoyat ishlari boʻyicha Kogon shahar sudi ularga jazo tayinladi. Shahar hududidan oʻgʻirlangan 8 ta qopqoqning barchasi joyiga qaytarildi.
Xalq mulkiga koʻz olaytirib, odamlar hayotini xavf ostiga qoʻygan bunday shaxslar qarindoshlari, jigargoʻshalari roʻparasida turib, “Biz kimmiz oʻzi?” degan savolga javob bersa, ozgina vijdonlari qiynalarmidi...
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring