Qoʻlbola usulda tayyorlangan alkogol savdogarlari qoʻlga tushdi. Departament Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ish qoʻzgʻatgan

10:13 23 Avgust 2024 Jamiyat
73 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament

Bosh prokuratura huzuridagi Departament Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida qoʻlbola usulda tayyorlangan alkogol hamda aksiz markasiz tamaki mahsulotlarini muomalaga kiritilishni rejalashtirgan shaxslarni qoʻlga oldi. Bu haqda Departamentning matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum boʻlishicha, Departamentning Qoʻshrabot va Paxtachi tumani boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda ushbu tumanlarda faoliyat yurituvchi “N.N.” oilaviy korxonasi hamda “Z.I.” xususiy korxonasiga qarashli savdo doʻkonlarida kelib chiqishi va sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʻlmagan spirtli ichimlik va tamaki mahsulotlari aniqlangan.

Qayd etilishicha, turli nomdagi ushbu 5 ming 327 dona alkogol va 796 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlarining umumiy bahosi 186,9 million soʻmdan oshiq boʻlib, ushbu tovarlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Departamentning Nishon va Kasbi tumani boʻlimlari tomonidan IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirlarda Nishon tumani “Paxtazor” MFY hududida fuqarolar S.Z. va A.E. “Lacetti” va “Nexia” rusumli avtomashinalarida 4 turdagi jami 708 dona isteʼmolga yaroqsiz alkogol mahsulotlarini oʻtkazish maqsadida olib ketayotganida qoʻlga tushirilgan.

Maʼlum boʻlishicha, S.Z.ning Koson tumanidagi xonadonida tashkil etilgan yashirin sexdan qoʻlbola usulda alkogol mahsulotlarini tayyorlashda foydalanilgan buyumlari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shuningdek, Kasbi tumanida yashovchi I.Sh.ning xonadonida tashkil etgan noqonuniy savdo doʻkonidan qoʻlbola usulda tayyorlangan 368 dona alkogol mahsulotlari ham hujjatlashtirilgan.

“Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda”, deyiladi xabarda.

Avvalroq, Manuel Noyer Germaniya milliy jamoasidagi faoliyatini yakunlaganini maʼlum qilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер