Qirgʻiziston prezidenti jiyanining dabdabali “Marry me”si uchun uzr soʻradi
Qirgʻiziston prezidenti Sadir Japarov boʻlajak kuyovi jiyani Lazzat Nurgojevaning qoʻlini soʻrash uchun dabdabali “Marry mye” tashkillashtirgani sabab xalqidan uzr soʻradi. Bu haqda “Кабар” axborot agentligi maʼlum qildi.
Gap shundaki, ijtimoiy tarmoqlarda prezidentning jiyaniga boʻlajak turmush oʻrtogʻi mamlakat FVVga tegishli vertolyotda turmushga chiqishni taklif qilingani aks etgan videolar tarqaldi va keng jamoatchilik tanqidiga sabab boʻldi.
“Rahbarlarning yaqinlari boshqalarga oʻrnak boʻlishi kerak. Men bir necha marotaba bebiliska sarf xarajatlarni qoralaganman. Hech boʻlmaganda boʻlajak kuyov bu tashabbusimni qoʻllashi va jamoatchilik tanqidiga duchor boʻlishini oʻylashi kerak edi.
Men boshqalarni tanqid qilardim, endi oʻzim ham bunga boʻysunaman. Jiyanim uchun xalqdan uzr soʻrayman, u hali yosh, jamiyatdan ham tanqidlarni koʻradi. Umid qilamanki, u toʻgʻri xulosa chiqaradi”, dedi Sadir Japarov.
Qirgʻiziston rahbari “Marry mye” uchun Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tegishli vertolyotdan foydalanilganiga ham munosabat bildirdi. Unga koʻra, vazirlik tasarrufida hozirda 3 ta yangi vertolyot bor boʻlib, ulardan davlat ehtiyojlari uchun tijorat asosida foydalanishga ruxsat berilgan.
“Vertolyotlar ishlatilmasa, amal qilish muddati tugaganidan keyin ular parvozga yaroqsiz boʻladi. Shunday ekan, oddiy fuqaromi, tadbirkormi, sayyoh yoki investormi, vertolyot ijaraga olmoqchi boʻlsa, xursand boʻlamiz.
Lizingdan olingan har bir tiyin davlatga tushadi va boshqa vertolyotlar sotib olish uchun ajratiladi. Shu tarzda samolyotlar parki yangilanadi. Agar bunday qilmasak, keyinroq, 2020-yildagi kabi mamlakatda birorta ham vertolyot qolmaydi. Hozir, baxtimizga, 20 ga yaqin vertolyotimiz bor”, degan Japarov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring