Qirgʻiziston Prezidenti oʻzbekistonlik boks murabbiyiga “Tracker” sovgʻa qildi

Foto: Qirg‘iziston Prezidenti matbuot xizmati
Qirgʻiziston Prezidenti Sadir Japarov 11-sentyabr kuni oʻzbekistonlik murabbiy Akmal Hasanov bilan uchrashib, qirgʻiz bokschisi Munarbek Seyitbek oʻgʻlining Parij Olimpiadasida sovrindor boʻlishiga qoʻshgan hissasi uchun “Tracker” sovgʻa qildi. Bu haqda Qirgʻiziston Prezidenti matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Japarov oʻzbek murabbiyining bu harakati Qirgʻiziston va Oʻzbekiston xalqlarining doʻstligi va hamjihatligini koʻrsatib berganini alohida taʼkidlagan.
“Markaziy Osiyo xalqlari bir-birini qoʻllab-quvvatlab, birdamlik va doʻstona munosabatlarni namoyon etayotganini butun dunyo koʻrdi”, degan Prezident.

Qirgʻiziston rahbari shuningdek, Parijdagi olimpiadada oʻzbekistonlik sportchilar yuqori natija qayd etganini ham taʼkidlagan.
“Oʻzbekistonda sportga katta eʼtibor qaratilmoqda. Biz sportchilarimizni soʻnggi uch yil ichida faol qoʻllab-quvvatlay boshladik. Avvallari musobaqalarda ishtirok etish uchun mablagʻ ajrata olmagan holatlarimiz boʻlgan. Hozir davlat vitaminlar bilan taʼminlashgacha boʻlgan barcha zarur sharoitlarni yaratyapti”, degan u.
Oʻz navbatida Akmal Hasanov ham qoʻshni mamlakat rahbariga minnatdorchilik bildirib, Munarbek Seyitbek oʻgʻlini sport yigʻinlarida koʻp marta uchratgani, Parijda hech ikkilanmay uning treneri boʻlishga rozilik bildirganini taʼkidlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Markaziy bank shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi
- “Leapmotor” Oʻzbekistonda oʻtkazilgan avtomobil testi natijalaridan noroziligini bildirdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring