Qasos olindi, “shahzoda” magʻlub etildi… Magnus Karlsen tezkor shaxmatda yana bir bor tengsiz!

11:26 09 Sentyabr 2024 Sport
248 0

Magnus Karlsen 2024-yilda Parijda oʻtkazilgan “Speed Chess Chempionship 2024”da gʻalaba qozondi. Bu haqda “Chess.com” nashri xabar berdi.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, norvegiyalik Magnus fransiyalik Aliriza Firuzjani 23,5-7,5 hisobida magʻlub qildi. Karlsen toʻrt soat ichida atigi beshta oʻyinda magʻlub boʻlgan, 21 tasida gʻalaba qozongan va beshtasida durang oʻynagan. Ushbu gʻalaba turnir finalidagi eng katta hisobdagi gʻalaba sifatida yangi rekord hisoblanadi.

Shaxmat boʻyicha mutaxassis Daniyel Naroditskiy Firuzjani “shahzoda” deb atadi, ammo Karlsen u hali ham oʻyin qiroli ekanligini koʻrsatib qoʻyganini qayd etdi. Aytish mumkinki, asli eronlik Aliriza soʻnggi oylarda oʻzining eng yuqori darajasini koʻrsatayotgan va uni hech kim toʻxta olmayotgandi.

Ushbu turnirning eng ahamiyatli jihatlaridan biri shundaki, norvegiyalik shaxmatchi yarim finalda Xans Nimannga qarshi dona surdi. Bundan bir qancha vaqt avval ikki shaxmatchi oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga kelgandi. Gap shundaki, Magnus AQSHlik sportchini gʻirromlik bilan unga qarshi dona surganini iddao qilgan, keyinchalik yopiq sud ham boʻlib oʻtgandi.

Qaysidir maʼnoda olingan qasos haqida Karlsen shunday dedi: “Nimann yaxshi oʻyinchiga aylandi, lekin bizning darajalarimiz yaqin boʻladi, deb oʻylash haqiqatga toʻgʻri kelmasdi...”.

Norveg ushbu turnir gʻolibligini qoʻlga kiritgach 60 ming AQSH dollaridan koʻproq ishlab oldi. Ikkinchi va uchinchi oʻrinni olgan sportchilar esa mos ravishda 32 ming va 30 ming AQSH dollariga ega chiqqan. Ushbu turnirning 1/16 bosqichida magʻlub boʻlgan Nodirbek Abdusattorov ham 1,3 ming AQSH dollariga ega chiqqan.

Maʼlumot uchun aytish mumkinki, turnir arena koʻrinishida 5+2, 3+1, 1+1 formatida oʻtkazildi.

Avvalroq, XVII yozgi Paralimpiya oʻyinlari yakunlanib, unda Oʻzbekiston delegatsiyasining natijasi qanday boʻlgani haqida xabar berilgandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер