Qashqadaryoda bir haftada 5 davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ish boshladi
Chiroqchi tumanining “Dodiq” va “Chiljivut” qishloqlarida mos ravishda 120 va 90 nafar qamrovga ega 21 hamda 20 davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Bu yerda 50 nafarga yaqin doimiy ish oʻrinlari yaratilib, ishsiz aholi bandligi taʼminlandi. Umumiy hisobda 5 mlrd. soʻmga yaqin mablagʻlar evaziga toʻliq taʼmirdan chiqarilgan bogʻchalarda barcha sharoitlar yaratilgan boʻlib, “Ayollar daftari” va “Temir daftar”dagi oila farzandlari imtiyozli ravishda qabul qilinadi.
Shahrisabz shahridagi 3-Davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti 2021-yilda Investitsiya dasturi asosida 120 oʻringa moʻljallab, yangidan qurildi. Tashkilotda 27 ta yangi ish oʻrni yaratilgan. Ushbu tashkilotda hududdagi kam taʼminlangan oila vakillari, “Ayollar” va “Temir daftar”ga kiritilgan oila farzandlarini qabul qilinishiga katta eʼtibor qaratilmoqda.
Shahrisabz tumanidagi “Qoʻshchinor” mahalla fuqarolar yigʻinida ham yangi 39-davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti ish boshladi. Yangi faoliyat boshlagan maktabgacha taʼlim tashkiloti quvvati 120 oʻringa moʻljallangan. Bogʻchada 4 ta guruh mavjud boʻlib, unda hudud aholisining maktabgacha taʼlim yoshidagi 130 nafar farzandlari taʼlim tarbiya olib kelmoqda. Shundan 7 nafari kam taʼminlangan oilalar farzandlari sirasiga kiradi. Tashkilot binosi 3 mlrd 300 mln soʻm Investitsiya dasturi loyihasi asosida qurilgan.
Kitob tumani “Hamid Olimjon” MFY 4-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining ochilishi bilan hududdagi yana 140 nafar bola maktabgacha taʼlimga qamraladigan boʻldi. Tashkilot Investitsiya dasturi doirasida 3 086 688 769 soʻm hisobiga barpo etilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring