Qancha tortishsak ham maqsadimiz bitta — Qodirov oʻzi va Kusherboyev oʻrtasidagi tortishuvni normal holat deya baholadi
Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi raisi Alisher Qodirov deputat Rasul Kusherboyev bilan oʻrtasidagi tortishuv tafsilotlari haqida maʼlumot berdi.
Qodirovning fikricha, oʻzi va Rasul Kusherboyev oʻrtasida boʻlib oʻtgan tortishuv juda ham normal holat.
«Tortishuv mavzusi davlat hokimiyati organlarini noqonuniy qurilishlarni buzish boʻyicha qarorlarini sudga berishda davlat bojini toʻlash yoki toʻlamaslik haqida edi. Menga qolsa sudga murojaat uchun umuman toʻlovlarni har qanday shakli bekor qilinishi kerak, adolatni izlash tortishuvlari faqat va faqat sudda boʻlsin. Sud hamma uchun oson ochiladigan eshik boʻlsin. Rasul esa bu norma hokimiyatlarni noqonuniy buzish ishlarini yana-da ragʻbatlantiradi degan xulosada. Tortishuv shu nuqtada boʻldi.
Davlat Soliq qoʻmitasi bilan Rasul oʻrtasidagi nizodan xabarim yoʻq edi, asabiy boʻlishga asosi bor. Bizni tortishuvimizdagi keskin soʻzlari uchun men ham Odob komissiyasiga murojaat qilganim rost. Lekin bu chaqiruvimni qaytib olaman. Qiyin paytda Rasulni qoʻllab quvvatlaymiz. Hamkasbimizni sudga jalb qilinishiga rozilik bermoqchi emasmiz.
Bugun Hukumatni hisobotini eshitdik. Murakkab sharoitda Hukumat ham noanʼanaviy ishlashni oʻrganayapti. Parlament ham erkin muhitda ishlashni endi oʻrganayapti. Qoʻpolroq gapirgani uchun Parlament aʼzosini javobgarlikka tortilishi demokratik islohotlarimizning ruhiga mos emas.
Qancha tortishsak ham maqsadimiz bitta - Oʻzbekistonimiz rivojlanishi kerak!», deb yozmoqda Alisher Qodirov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring