Putin urushi Ukrainani boʻysundirishdan boshqa narsaga qaratilmagan — Germaniya tashqi ishlar vazirligi
Foto: Bild
Germaniya yangi tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful lavozimiga kirishganidan buyon birinchi marta Ukrainaga keldi. Uning birinchi bayonoti Rossiya tomonidan uyushtirilgan tungi terror haqida boʻldi. Oʻtgan kecha 477 ta kamikadze dronlari, 60 ta qanotli raketalar va ballistik snaryadlar uchirilgan.
«Putin (Vladimir Putin Rossiya prezidenti — tahr.) Ukrainaning oʻz taqdirini oʻzi belgilashiga kuch bilan toʻsqinlik qilmoqchi. Uning urushi Ukrainani boʻysundirishdan boshqa narsaga qaratilmagan», — dedi Vadeful jurnalistlarga.
Vazir Rossiya dronlari tomonida urilgan Kiyevdagi turar-joy binosiga tashrif buyurgan.
“Putin ukrainaliklarga shafqatsiz terroristik bombardimonlar bilan hujum qilmoqda. Odamlar har kuni oʻz uylarida halok boʻlyapti”, — deya qoʻshimcha qilgan siyosatchi.
U shu oʻrinda Ukrainani qoʻllab-quvvatlash Germaniya tashqi siyosatining asosiy vazifasi ekanligiga ishontirgan.
“Ukrainaning erkinligi, kelajagi bizning tashqi va mudofaa siyosatimizning eng muhim vazifasidir. Shuning uchun biz barcha saʼy-harakatlarimizni Ukrainani qoʻllab-quvvatlashga qaratishda davom etamiz”, — dedi diplomat.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring