Prezidentga oʻzbek mumtoz tili lugʻatini yaratish boʻyicha taklif bergan oʻquvchi qizga grant ajratiladi
Dilobar Mahmudova Toʻraqoʻrgʻondagi Isʼhoqxon Ibrat nomli tillarga ixtisoslashgan maktab-internatning 9-sinfini tugatdi. Bu yerda iqtidorli yoshlar ingliz, nemis, fransuz, rus, yapon, xitoy va koreys singari yettita xorijiy tilni oʻzlashtiradilar. Dilobar ularning toʻrttasida bemalol muloqot qila oladi.
Aʼlochi oʻquvchi kecha “Yoshlar kuni” munosabati bilan oʻtkazilgan forumda Davlatimiz rahbariga oʻzbek mumtoz tili lugʻatini yaratish boʻyicha oʻz taklifini bildirgan edi. Bunga javoban lugʻat tuzishga grant mablagʻi ajratiladigan boʻldi.
— Bugun viloyat hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov maktabimizga keldi, — deydi taʼlim dargohi yoshlar yetakchisi Aʼzamjon Sobirov. — Dilobar unga lugʻat yaratish zaruratini izohlab berdi. Pedagogik jamoa bilan birgalikda tuziladigan ushbu risola xuddi Isʼhoqxon Ibratning «Lugʻati sitti-as-sina», yaʼni, olti tilli lugʻatiga oʻxshash boʻlib, hozirgi zamon adabiyotlariga moslashtiriladi. Uning yordamida Bobur, Navoiy, Ibrat kabi buyuk allomalar asarlarini mukammal oʻrganish mumkin.
Viloyat rahbari muloqot soʻngida izlanuvchan oʻquvchiga soʻnggi nusxadagi noutbuk sovgʻa qildi.
Maʼlumot uchun, Prezidentimiz tashabbusi bilan ochilgan Ibrat ijod maktabi oliy taʼlim muassasalari uchun bilimdon yoshlarni tayyorlashga munosib ulush qoʻshmoqda. Chunonchi, oʻtgan yili maktabni tugallagan 40 yigit-qiz bir qator xorijiy oliygohlarga oʻqishga kirgan boʻlsa, joriy yilning 39 nafar bitiruvchisi ham ana shunday sharafga muyassar boʻldi.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring