Toshkentning toʻrt yoʻnalishida kamida 3 tadan sunʼiy koʻl barpo etiladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-229-son Farmoni ijrosi doirasida Toshkent shahrida mikroiqlim barqarorligini taʼminlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshiriladi. Farmonning 6-bandiga muvofiq, suv resurslaridan samarali foydalanish va atmosfera havosi sifatini yaxshilash maqsadida poytaxtning sharq, gʻarb, shimol va janub yoʻnalishlarida yangi sunʼiy suv hududlari tashkil etilishi belgilangan.
Hujjatga koʻra, Suv xoʻjaligi vazirligi va “Oʻzsuvtaʼminot” AJ Toshkent shahar hokimligi bilan hamkorlikda uch oy muddatda har bir yoʻnalishda kamida 3 tadan sunʼiy koʻl va suv havzasini barpo etishi lozim.
Sunʼiy koʻllar atrofida ekologik talablar asosida jamoat hududlari, yashil maydonlar va zamonaviy infratuzilma shakllantirilishi koʻzda tutilgan.
Shuningdek, Toshkent shahrida favvoralar sonini kamida ikki baravar koʻpaytirish vazifasi belgilandi. Favvoralar faqat markaziy hududlarda emas, balki turli tumanlarda ham barpo etilishi rejalashtirilgan boʻlib, bu poytaxt boʻylab suv-havo muvozanatini yaxshilashga xizmat qiladi.
Mutasaddilarga favvoralarni qurish boʻyicha texnik talablarni belgilash, suv sarfini tejamkor texnologiyalar asosida tashkil etish hamda ularni yil davomida xavfsiz ishlashini taʼminlash vazifasi yuklatilgan.
Mazkur tashabbuslar nafaqat shahar iqlimini yumshatish va havodagi zarrachalar miqdorini kamaytirishga, balki aholining dam olishi uchun qoʻshimcha rekreatsion zonalar yaratishga qaratilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring