Koronavirusga qarshi emlanganlarning hayoti xavf ostidami?
Illyustrativ foto
Ijtimoiy tarmoqlarda koronavirusga qarshi vaksina olgan insonlar hayoti xavf ostida ekani, xususan, ular saratonga chalinishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari Nurmat Otabekov ushbu xabarlar mutlaqo asossiz ekanini taʼkidladi.
Mutaxassisning qayd etishicha, pandemiya boshlangandan to hozirgacha dunyo boʻyicha 710 million kishi bu kasallikka chalingan, 7 milliondan koʻprogʻi hayotdan koʻz yumdi. Agar vaksina topilmagan va emlash tadbirlari uyushqoqlik bilan oʻtkazilmaganda, bu raqamlar bir necha barobar yuqori boʻlishi mumkin edi. Buni vaksina kashf etilguniga qadar oʻtgan bir yil davomida oʻlim koʻrsatkichi yuqori boʻlgani ham yaqqol tasdiqlaydi.
Otabekovning bildirishicha, qoʻllanilgan vaksinalar genomga salbiy taʼsir qilmaydi, bu oʻz isbotini topgan.
“Toʻgʻri, vaksinani qabul qilgan ayrim odamlarda turli salbiy holatlar, masalan, nafas olish qiyinlashuvi, tana harorati oshishi va yurakning tez urishi kabi belgilar kuzatilgan. Ammo bu vaqtinchalik boʻlib, emlangandan soʻng 2-3 kun oʻtgach, barchasi ortda qolgan”, deydi u.
Mutaxassis, shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan materialda onkologik kasalliklar xavfi ham vaksinaga bogʻliqligi va emlashdan keyin tanada paydo boʻlgan salbiy holat (qabul qilingan vaksina)dan qutulish uchun esa karabash va arslonpanjasi giyohlaridan foydalanish tavsiya etilgani, taajjubli ekanini taʼkidlagan. uning fikricha, bu sohadan umuman yiroq boʻlgan odamning fikridan boshqa narsa emas.
“Karabash shamollash, nafas yoʻllari yalligʻlanishida, arslonpanjasi esa ayollarda gormonal holatni moʻtadil ushlab turish maqsadida qaynatma sifatida ishlatib kelingan. Shundan kelib chiqilsa, ushbu ikki giyoh vaksinadan keyin paydo boʻlgan immunitetga taʼsir koʻrsatish va yoʻq qilish xususiyatiga ega emas”, deydi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari.
Qoʻshimcha qilinishicha, pandemiya davrida bir qator vaksinalar qoʻllanilib, epidemik vaziyat yumshatildi, muhimi, dunyo boʻyicha millionlab insonlar hayoti saqlab qolindi. Shunday ekan, bu kabi xabarni tarqatish hamda bunday maʼlumotlarga ishonishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashish maqsadga muvofiqdir.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring