Prezident sovgʻasi yoʻlga chiqdi
Yangi yil bayrami bolajonlar uchun unutilmas taassurotlarga boy oʻtadi. Biri-biridan ajoyib sovgʻalar bayram chiroqlari kabi ularning qalbini nurga toʻldiradi.
Bu yil ham Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi va bir qator tashkilotlar hamkorligida Yangi yil bayramini toʻla-toʻkis, yuksak saviyada oʻtkazish, farzandlarimizga quvonch ulashish uchun puxta hozirlik koʻrildi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va barcha viloyatlardagi Mehribonlik va Muruvvat uylari oʻgʻil-qizlari, “SOS — bolalar mahallalari” tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramogʻidan mahrum bolalar uchun bayram tadbirlari tashkil etilmoqda.
Bayram arafasida Prezident sovgʻalari ortilgan karvon yoʻlga otlandi. Davlatimiz rahbari nomidan taqdim etiladigan sovgʻalar oʻtgan yili bolalar uchun 11 nomdagi oʻquv qurollari va 17 nomdagi shirinliklardan iborat edi. Bu yil esa Prezident sovgʻasidan maxsus sovgʻalar qopchigʻi bilan 6 nomdagi oʻquv qurollari, 20 nomdagi shirinliklar, yumshoq oʻyinchoq va shaxmat joy olgan. Prezident sovgʻalari Toshkent, Sirdaryo va Jizzax viloyatlariga avtotransportda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va boshqa viloyatlarga samolyotlar orqali joriy yilning 26-28-dekabr kunlari jadval asosida yetkazib beriladi.
Sovgʻalar 29-dekabrdan boshlab Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etiladigan “Prezident archasi” tadbirlarida kichkintoylarga ulashiladi.
Dilshod KARIMOV
(“Xalq soʻzi”).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring