Prezident Shuhrat Jalilovni O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotladi
O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan O‘zbekiston taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisining o‘rinbosari Jalilov Shuhrat Ilhamovich O‘zbekiston Respublikasining Faxriy yorlig‘i bilan mukofotlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Jalilov davlat idoralari va jamoat tashkilotlaridagi ko‘p yillik samarali mehnati, mahalla instituti va kasaba uyushmalari faoliyatini takomillashtirish, keksa avlod vakillarini qo‘llab-quvvatlashga qo‘shayotgan munosib hissasi, yoshlarni tarbiyalash yo‘lidagi ibratli ishlari, ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki tufayli mukofotlangan.
Tavalludining 85 yilligi munosabati bilan berilgan ushbu mukofotni Sherzod Asadov 17-avgust kuni O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov bilan birgalikda Shuhrat Jalilovga tantanali ravishda topshirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring