“Prezident archasi” bolajonlarga cheksiz quvonch ulashdi

16:56 25 Dekabr 2024 Jamiyat
357 0

Botir MADIYOROV/“Xalq soʻzi”. Yangi yil bayrami tantanalari, qorbobo va qorqiz, ertak qahramonlari ishtirokidagi tadbirlar hammadan ham koʻproq bolajonlar cheksiz quvonch ulashadi.

Fargʻona shahridagi Islom Karimov nomidagi viloyat teatr-konsert saroyida oʻtkazilgan bu yilgi “Prezident archasi” tantanalari ana shunday shukuhi va unutilmas taassurotlarga boy boʻldi. Bayram tadbirida shahar va tumanlardan oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolgan oʻgʻil-qizlar hamda Vatanimiz tinchligi va xavfsizligi yoʻlida qurbon boʻlgan harbiy xizmatchilarning farzandlari qatnashdi.

Fargʻona viloyati hokimi oʻrinbosari Sherzodjon Polvonov kelajagimiz vorislarini Yangi – 2025-yil bilan qutlab, ularga Prezident sovgʻalarini topshirdi.

— Bugungi tadbirda viloyatdagi 931 nafar bolalarga “Prezident sovgʻasi” topshirildi, — deydi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Fargʻona viloyati boshqarmasi boʻlim mudiri Mirtazoxon Alavitdinov. — Ayni kunlarda ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, kichkintoylarga shodlik ulashishni maqsad qilgan bayram tadbirlari davom etmoqda.

Tadbir doirasida “Samoviy Yangi yil“ deb nomlangan teatrlashtirilgan badiiy dastur namoyishi barchaga xushkayfiyat ulashdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?