Poytaxtimizning yettita tumanida Adliya bogʻlari barpo etildi
Adliya vazirligi hamda uning tuzilmalari tomonidan joriy yil 18-noyabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida adliya bogʻlari parpo etildi.
Loyiha doirasida Toshkent shahrining Mirobod, Yakkasaroy, Yunusobod, Shayxontohur, Olmazor, Sergeli hamda Yangihayot tumanlarida 3 gektardan ziyod yer maydonida adliya bogʻlari barpo etildi. Tadbirda adliya vaziri Akbar Tashkulov ham ishtirok etdi.
Xususan, Yangihayot tumanida joylashgan “Yangi darxon” mahallasida vazirlik rahbariyati hamda xodimlar ishtirokida 1000 dan ortiq turli xil manzarali, butali va mevali daraxtlar ekildi.
Koʻchat ekish jarayonlari maxsus mutaxassis koʻrsatmalariga asosan, daraxt ekish qoidalariga rioya etgan holda amalga oshirildi.
Tadbirda taʼkidlanishicha, mazkur hayrli ishlar shu bilan yakuniga yetmaydi, adliya bogʻlari nafaqat bir kunda, balki doimiy ravishda oʻz tartib qoidasi boʻyicha parvarish qilinib boriladi.
Loyiha doirasida viloyat va tuman adliya organlari ham oʻz hududlarida bogʻlar barbo etmoqdalar.
Xususan, 14 ta hududiy adliya boshqarmasi va tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan jami 60 mingga yaqin koʻchatlar ekildi.
Adliya vazirligi tizimi xodimlari mamlakatimiz koʻchalarini “yashil makon”ga aylantirishga astoyidil bel bogʻlab, ushbu hayrli ishlarga oʻzlarining munosib hissalarini qoʻshib kelmoqdalar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring