Oʻziga tegishli boʻlmagan yerni sotmoqchi boʻlgan “savdogar” qoʻlga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbirda oʻtkazildi, deb xabar bermoqda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti.
Tezkor tadbir davomida aniqlanishicha, fuqaro I.Q. fuqaro U.N.ning ishonchiga kirib oʻziga tegishli boʻlmagan yer maydonini sotmoqchi boʻlgan.
Xabarga koʻra, fuqaro I.Q. fuqaro U.N.ga Xatirchi tumani, “Tamabaxrin” MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 20 sotix yer maydoni oʻziga tegishli ekanligini aytgan hamda ushbu yerni uning nomiga oʻtkazib berish evaziga 360 mln soʻm soʻragan.
Qonunbuzar aytilgan pulni olgan vaqtida tezkor tadbir xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda, deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring