«O‘zbekneftegaz» AYOQSHlarida AI-92 benzini narxi oshdi
«O‘zbekneftеgaz» kompaniyasiga qarashli yoqilg‘i quyish shoxobchalarida AI-92 benzini 8600 so‘mdan sotilmoqda. Bu xabarni AYOQSHlarda bo‘lgan bir nechta manbalar tasdiqladi. Bu kompaniyaning mart oyi o‘rtalarida joriy etilgan «bahoriy» chegirmalar to‘xtatilganini anglatadi.
Chegirma vaqtida ushbu markadagi benzinning litri narxi 7500 so‘mni tashkil qildi. Yangi narx esa 8600 so‘m etib belgilangan. Chegirma joriy etilgunga qadar amalda bo‘lgan narx 9000 so‘mdan qimmatroq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, prezident qarori bilan AI-80 benzini uchun aksiz solig‘ini «nol» stavkada qo‘llash muddati 2023 yil 31 dekabrga qadar uzaytirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Buyuk shoirning Samarqanddagi tabarruk izlari
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring