Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari bir oyda 1,5 mlrd dollarga oshdi
Oʻzbekistonning oltin-valyuta zaxiralari may oyida 1,5 milliard dollardan ortiqqa oshdi. Bu haqda Markaziy bank maʼlumotlarida keltirilgan.
Qayd etilishicha, 1-iyun holatiga koʻra, mamlakat zaxiralari bir oylik 1,52 milliard dollar oʻsish bilan, 36,6 milliard dollarga yetdi.
Iqtisodchi Otabek Bakirovning Telegram kanalida yozishicha, regulyatorda zaxiralarga oid ochiq maʼlumotlar tarixida ilk bor qimmatli qogʻozlar boʻyicha statistika paydo boʻlgan. Unga koʻra, qimmatli qogʻozlar 35 million dollarni tashkil etgan.
Xorijiy valyutadagi aktivlar miqdori esa 9,26 milliard dollarga yetgan.
“Oy davomida ishlab chiqaruvchilardan sotib olingani bilan birgalikda 400 ming unsiya atrofida oltin sotilgani evaziga zaxiralarning oltin qismi fizik hajmda 11,4 mln. unsiyagacha qisqargan, lekin pul qiymatida 278,8 mln. dollarga oshib, 26 mlrd 812,4 mln. dollarga yetgan”, deydi Bakirov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining OAV erkinligi boʻyicha vakili Yan Bratu bilan uchrashuv oʻtkazdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring