Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi elchisi qirol Karl IIIʼga ishonch yorliqlarini topshirdi

17:15 17 May 2024 Siyosat
360 0

Oʻzbekistonning Buyuk Britaniyadagi yangi elchisi Ravshan Usmanov Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi qiroli Karl IIIʼga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qirol Buyuk Britaniya va Oʻzbekiston oʻrtasidagi oʻzaro hamkorlikning bugungi dinamikasini yuqori baholadi. Uchrashuvda keng yoʻnalishlarda hamkorlikni yanada chuqurlashtirish uchun mavjud salohiyatdan samarali foydalanish zarurligi taʼkidlangan. Suhbatda Karl III Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga chuqur hurmat va iliq tilaklarini bildirgan.

Maʼlumot uchun, Ravshan Abrorovich Usmonov 30-sentyabr 1978-yilda Toshkentda tugʻilgan oʻzbek diplomati va yuristi. U 2012-2017-yillarda Oʻzbekistonning Fransiyadagi elchisi, 2017-2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari, 2018-yildan 2023-yilgacha Oʻzbekiston Respublikasining Malayziyadagi favqulodda va muxtor elchisi lavozimlarida ishlagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?