Oʻzbekistondagi maktablar soni soʻngi ikki yilda 233 taga koʻpaygan

14:15 13 Yanvar 2023 Jamiyat
1694 0

Illustrativ foto

Umumtaʼlim muassasalari soni soʻnggi 5 yilda 748 taga oshgan. 2017–2021-yillarda xalq taʼlimi tizimiga 45,3 ming nafardan ortiq erkak oʻqituvchilar qaytarilganligi maʼlum qilindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023 oʻquv yili boshiga umumtaʼlim muassasalari soni 10 522 tani tashkil etgan.

Umumtaʼlim muassasalari soni soʻnggi 5 yilda 748 taga oshgan.

Yillar kesimida umumtaʼlim muassasalari soni:

— 2018/2019 oʻquv yili boshiga – 9774 ta

— 2019/2020 oʻquv yili boshiga – 10090 ta

— 2020/2021 oʻquv yili boshiga – 10181 ta

— 2021/2022 oʻquv yili boshiga – 10289 ta

— 2022/2023 oʻquv yili boshiga – 10522 ta

Umumtaʼlim muassasalari soni 1991/1992 oʻquv yili boshiga nisbatan 1965 taga oshgan.

Shuningdek, “Taraqqiyot strategiyasi” markazining 2022-yil sarhisobiga koʻra, umumtaʼlim maktablari soni 2017-yilgi 9 718 tadan, 2021-yilda 10 289 taga koʻpaydi. Jumladan, 135 ta nodavlat umumtaʼlim maktablari, 14 ta Prezident maktablari faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Natijada, maktablardagi oʻquvchilar soni 5 271,3 ming nafardan 6 304,6 ming nafarga yetdi.

Keng jamoatchilik va ota-onalarning fikr-takliflari asosida mamlakatda 11 yillik majburiy maktab taʼlimi qayta joriy etildi. Shuningdek, xorijiy ekspertlar ishtirokida boshlangʻich sinflar uchun 170 nomdagi yangi avlod darsliklari yaratildi.

2020-2025-yillarda xalq taʼlimi tizimida inklyuziv taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilindi.

Bundan tashqari, umumtaʼlim maktablaridagi oʻqituvchilarning maoshi 2017-yilgi 1 214,1 ming soʻmdan, 2021-yilda 2 340,3 ming soʻmga oshirildi. Maktablarning kompyuter sinflari bilan taʼminlanganlik darajasi esa, 95,2 foizdan 99,1 foizga yetkazilgan.

Maʼlumot uchun, “Taraqqiyot strategiyasi” markazining  hisoboti koʻra, 2021-yilda maktablar soni 10 289 tani tashkil etayotgan boʻlsa, Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2022/2023 oʻquv yili boshiga 10 522 ta umumtaʼlim muassasalari toʻgri kelmoqda. Demak, Oʻzbekistondagi maktablar soni soʻngi ikki yilda 233 taga koʻpaygan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?