Oʻzbekistonda shanba va yakshanba kunlarini haqiqiy dam olish kunlariga aylantirishga erishish kerak — Qodirov

22:29 07 Iyul 2021 Jamiyat
3568 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri oʻrinbosari, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasi rahbari Alisher Qodirov bu haqida, jumladan, shunday deb yozadi:

"Islandiyada ishchilarning ish haqini kamaytirmagan holda, toʻrt kunlik ish haftaligiga oʻtkazish boʻyicha tajribaning yakuniy natijalari eʼlon qilinibdi.

Britaniyaning «Autonomy” ilmiy – tadqiqot markazi, Islandiyaning (Alda) barqaror rivojlanish va demokratiya assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda barcha maʼlumotlarni toʻplab, ushbu tajribani amalga oshiribdilar.

Bu tadqiqotda Islandiya mehnat bozorining 1 foizini tashkil etuvchi 2,5 mingga yaqin ishchilar ishtirok etibdi.

Toʻrt kunlik ish haftasiga oʻtishda ish vaqti 40 soatdan, 35-36 soatgacha qisqartirilgan.

Tadqiqotchilar tajribadan soʻng ishchilarning unumdorlik darajasi oshgani, turmush sifati sezilarli darajada yaxshilangani, stress va charchoq sezilarli kamayganini aytmoqdalar.

Avvalroq shunday tajriba Yaponiya va Yangi Zelandiyada ham xuddi shunday natijalarga olib kelgan ekan.

Oʻzbekistonda bu mavzuda nima deyish mumkin?

Oʻzbekistonda shanba va yakshanba kunlarini haqiqiy dam olish kunlariga aylantirishga erishish kerak.

Tan olish kerak, mehnat unumdorligi, xodimning foydalilik darajasi yoki kreativ yechimlar topish masalasida, ayniqsa davlat xizmatida, yetarli muammolar bor.

Sabablardan biri sifatida xodimni yetarli dam olmasligi va stress darajasining yuqori ekanligini rad etib boʻlmaydi!

Shuningdek, xodim nega ish vaqti tugaganidan keyin uyiga shoshilmasligini ham aniqlash kerak: xodim kunlik vazifani bajara olmaydimi yoki boshqaruv kundalik vazifani toʻgʻri qoʻymaydimi?

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida yangi tahrirdagi Mehnat Kodeksi ustida ish olib borilayotganligi ayni muddao.

Bu masalalarga oʻzimizni aldamasdan yechim topishimiz kerak…"

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер