Oʻzbekistonda 2023-yilda odam savdosi bilan 126 nafar shaxs sudlangan
Oʻzbekistonda 2023-yili Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan 126 nafar shaxs sudlangan. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, sudlanganlarning 84 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 42 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar (shartli va ozodlikni cheklash) tayinlangan.
Sudlanganlarning 111 nafari ayol, 15 nafari esa erkak. Ushbu jinoyat oqibatida 242 nafar shaxs jabrlangan boʻlib, shulardan 151 nafarini ayollar hamda 24 nafarini 3 yoshgacha boʻlgan chaqaloqlar tashkil qilgan.
2024-yilning yanvar may oylarida Jinoyat kodeksining 135-moddasi (odam savdosi) bilan 69 nafar shaxs sudlanib, ularning 52 nafariga ozodlikdan mahrum qilish jazosi, 17 nafariga esa ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar (jarima, shartli va ozodlikni cheklash) tayinlandi.
Sudlanganlarning 53 nafari ayol, 16 nafari esa erkak. Ushbu jinoyat oqibatida 86 nafar shaxs jabrlangan boʻlib, shulardan 63 nafarini ayollar hamda 14 nafarini 3 yoshgacha boʻlgan chaqaloqlar tashkil etdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring