Oʻzbekiston va Janubiy Koreya istiqbollariga oid xalqaro anjuman oʻtkazildi
Foto: “Xalq soʻzi”
Buxoro shahrida “Davlat boshqaruvi xodimlarining zamonaviy kompetensiyalarini rivojlantirish: Oʻzbekiston va Janubiy Koreya istiqbollari” mavzusida xalqaro konferensiya oʻtkazildi.
Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi rektori A. Bekmurodov kirish soʻzi bilan ochdi. Shundan soʻng Buxoro viloyat hokimi B. Zaripov soʻz olib, toʻplanganlar eʼtiborini ushbu anjuman aynan Janubiy Koreya vakillari bilan hamkorlikda oʻtkazilayotgani omillariga qaratdi.
— Bir necha ming yillik milliy davlatchilik tarixiga ega boʻlib, maʼlum bir davrda mustamlakachilik qiyinchiliklarini boshdan kechirgan Janubiy Koreya bilan mamlakatimiz tarixining oʻxshash jihatlari koʻp, — dedi jumladan u. — Ushbu mamlakatning xususan, keyingi yillarda iqtisodiy rivojlanish borasida katta muvaffaqiyatlarga erishishida esa davlat boshqaruvi va kadrlar tizimidagi izchil islohotlar muhim rol oʻynagan. Binobarin, mazkur konferensiyada oʻrtaga tashlanadigan ilmiy va amaliy takliflar, oʻzaro tajriba almashish kadrlar salohiyatini oshirishda katta ahamiyatga ega boʻladi.
Anjumanda Koreya Respublikasi Bosh vaziri huzuridagi Koreya davlat boshqaruvi instituti prezidenti Sangxan Chve, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi oʻrinbosari O. Hasanov va boshqalar konferensiya kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Tadbir kadrlar tayyorlash, ularni joy-joyiga qoʻyish, ishga yondashuv kabi masalalarda toʻplangan xorijiy tajribani oʻrganish, istiqbolda undan amaliyotda foydalanish nuqtai nazaridan foydali boʻldi.
Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring