Oʻzbekiston va Xitoy energetika tarmogʻini yanada rivojlantirish maqsadida Silk Road Energy Planning and Engineering qoʻshma korxonasini tashkil etmoqda
“Oʻzenergoinjiniring” AJ va China Energy Power Planning and Engineering Institute (EPPEI) poytaxtimizda ushbu qoʻshma korxona faoliyatini boshlashi munosabati bilan taqdimot marosimini oʻtkazdi, unda vazirlik va idoralar vakillari, xalqaro hamda mahalliy hamkorlar ishtirok etishdi.
Bugun yurtimizda Prezidentimiz rahbarligida energetika sohasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayon doirasida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini (QTEM) keng joriy etish masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Albatta, olib borilayotgan chora-tadbirlar mamlakat aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini ishonchli va barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash, uni narx jihatidan ham maqbullashtirish, shuningdek, qazilma yoqilgʻiga boʻlgan ehtiyojni kamaytirish maqsadlariga qaratilgan. Xalqaro ekspertlar fikriga koʻra, ayni paytda Oʻzbekiston QTEM joriy etish sohasida hattoki rivojlangan mamlakatlardan ham ilgʻor natijalarga erishmoqda.
Bundan tashqari, mamlakatda energetika sohasida raqamli texnologiyalarni keng joriy etish ham ustuvor vazifalardan biri boʻlib, bu energiya tizimining samaradorligini, ishonchliligini va hamyonbopligini taʼminlashga qaratilgan. Ushbu jarayonlarning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun Oʻzbekiston xalqaro tajribani oʻrganib, uni samarali tarzda tatbiq etishni maqsad qilgan.
Bu borada yetakchi davlatlardan biri Xitoy hisoblanadi. Xitoy qayta tiklanuvchi energiya manbalari va raqamli texnologiyalarni joriy etishda jahon miqyosida katta yutuqlarga erishgan, uning tajribasi koʻplab mamlakatlar uchun namunadir.
Xitoyning ushbu sohadagi yirik muhandislik markazlaridan biri China Energy Power Planning and Engineering Institute (EPPEI) boʻlib, u Xitoy energetika tizimini rivojlantirish, QTEMni joriy etish va raqamlashtirish boʻyicha davlat strategiyalarini ishlab chiqishda muhim rol oʻynaydi. Shu bilan birga, EPPEI Malayziya, Braziliya, Filippin, Laos, Moʻgʻuliston va boshqa mamlakatlarda ham samarali tajribaga ega.
Xalqaro ilgʻor tajribalarni Oʻzbekistonda tatbiq etish maqsadida EPPEI va “Oʻzenergoinjiniring” AJ oʻrtasida Silk Road Energy Planning and Engineering qoʻshma korxonasi tashkil etildi. Ushbu korxona Oʻzbekiston hukumati uchun jahon standartlariga mos energetika rivojlanish strategiya va rejalarini ishlab chiqishda yordam koʻrsatadi. Bunda, QTEM (quyosh, shamol) energiya saqlash qurilmalari, anʼanaviy energiya manbalari (issiqlik, gidro) quvvatlari va turlarini aholi va iqtisodiyot ehtiyojlari, elektr tarmoqlari imkoniyatlari, hamda tabiiy va boshqa resurslarni hisobga olgan holda xalqaro amaliyot va mahalliy sharoitlardan kelib chiqib aniqlashga koʻmaklashadi. Shuningdek, qoʻshma korxona elektr tarmoqlarini raqamlashtirish jarayonlarida ham faol ishtirok etishni maqsad qilgan.
Yurtboshimiz tomonidan belgilangan ustuvor vazifalardan biri bu – mahalliy ishlab chiqarish va yuqori qoʻshilgan qiymatga ega xizmatlar darajasini oshirishdir. Silk Road Energy Planning and Engineering qoʻshma korxonasi bu yoʻnalishda mahalliy mutaxassislarning malakasini xalqaro darajaga koʻtarish, investitsion loyihalarda mahalliy mutaxassislar ishtirokini kengaytirishni maqsad qilgan. Bunday yondashuv orqali qoʻshma korxona Oʻzbekistondagi investitsion loyihalar qiymatini kamaytirish va Oʻzbekistonning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlashga hissa qoʻshmoqchi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring