Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi parlamentlararo aloqalar yana-da rivojlanadi
Foto: "Xalq so`zi"
2021-yil 29-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi Spikerining birinchi oʻrinbosari Akmal Saidov Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo mamlakatlari va Moʻgʻuliston bilan aloqalar boʻyicha delegatsiyasi raisi Fulvio Martushello bilan uchrashdi.
Muloqot avvalida mehmonlarga soʻnggi vaqtlarda Oʻzbekistonda inson huquq va manfaatlarini taʼminlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani, ushbu sohadagi barcha huquqni muhofaza qilish organlari faoliyati parlament va fuqarolar tomonidan doimiy nazorat qilib borilayotgani, shuningdek, islohotlar jarayonida siyosiy partiyalar, fuqarolik jamiyati roli ortib, sud organlarining chinakam mustaqilligi taʼminlanayotgani haqida maʼlumot berildi.
A. Saidov Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasining 75 sessiyasida ilgari surilgan tashabbuslari haqida toʻxtalib oʻtdi. Ayni paytda ushbu takliflar — Barqaror taraqqiyot maqsadlariga erishish va inson huquqlarini taʼminlashda parlamentlar rolini oshirish toʻgʻrisidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining maxsus rezolyutsiyasini hamda Yoshlar huquqlari toʻgʻrisidagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti konvensiyasini qabul qilish jarayonida tizimli ishlar olib borilayotganini qayd etib oʻtdi. Oʻz navbatida, nufuzli mehmonni bu borada hamkorlikka chaqirdi.
Qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbuslari doirasida shu yil 24-iyun kuni Buxoro shahrida “Barqaror maqsadlarga erishishda parlamentlararo global sheriklik” mavzuida xalqaro forum oʻtkazilishi rejalashtirilayotgani, 2021-yil 12-13-avgust kunlari esa Toshkentda Yoshlar huquqlari boʻyicha Butunjahon konferensiyasi tashkil etishi kutilayotganini malum qildi. Yevropa parlamentining vakillari hamda yosh aʼzolarini yuqorida qayd etilgan konferensiyalarda qatnashishga taklif qildi.
Uchrashuvda Yevropa parlamentining Markaziy Osiyo mamlakatlari va Moʻgʻuliston bilan aloqalar boʻyicha delegatsiyasi raisi Fulvio Martushello Oʻzbekistonda olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi inson, uning ehtiyoj va manfaatlarini taʼminlashga qaratilganini alohida eʼtirof etib, bir qator yoʻnalishlarda, xususan, nogironligi bor shaxslar huquqlari va manfaatlarini taʼminlash, qonunchilikni rivojlantirish, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida koʻrilayotgan chora-tadbirlarga yuqori berdi.
— Men bu uchrashuvni uzoq kutdim va rejamizda juda koʻp tadbirlar oʻtkazish kutilyapti, — dedi F. Martushello. — Yevropa Ittifoqi Oʻzbekistonda inson huquqlarini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlarga katta qiziqish bilan qaramoqda. Biz mamlakatingiz bilan koʻp qirrali va oʻzaro manfaatli hamkorlikni yana-da kengaytirishdan manfaatdormiz. Shu bois Oʻzbekiston bilan barcha sohada aloqalarni toʻgʻridan toʻgʻri yoʻlga qoʻyishga tayyormiz.
Muloqot chogʻida ayni paytda tomonlar joriy yilning ikkinchi yarmida Bryussel shahrida “Oʻzbekiston — YEI” Parlament hamkorlik qoʻmitasininng 15-majlisini tashkillashtirish masalasi xususida ham fikr almashdilar.
Oʻzbekiston tomoni YEI bilan parlamentlararo munosabatlar rivojlanishining ijobiy dinamikasini davom ettirishni qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring