Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi BAA klubiga oʻtdi
Foto: OʻFA
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Otabek Shukurov faoliyatini Birlashgan Arab Amirliklarida davom ettiradigan boʻldi. Bu haqida Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyasining rasmiy sahifasida maʼlumot berildi.
Unga koʻra, Shukurov endilikda “Baniyas” jamoasi sharafini himoya qiladi. Otabekning sobiq jamoasi “Al-Fateh” bilan shartnomasi shu yilning yozida yakunlangan va shu vaqtgacha futbolchi erkin agent maqomiga ega edi.
Eslatib oʻtamiz, ayni paytda “Baniyas” klubi Oʻzbekiston milliy terma jamoasining yana bir futbolchisi Akmal Mozgovoy ham toʻp surmoqda.
Eslatib oʻtamiz, Otabek Shukurov faoliyati davomida “Buxoro”, “Bunyodkor”, “Al-Sharja”, “Fotih Qaragumruk” va “Al-Fateh” kabi jamoalar sharafini himoya qilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring