Oʻzbekiston Prezidenti Rossiya delegatsiyasini qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2-may kuni Toshkent xalqaro investitsiya forumida Rossiya delegatsiyasiga boshchilik qilayotgan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti yordamchisi Maksim Oreshkinni qabul qildi.
Uchrashuv avvalida Maksim Oreshkin davlatimiz rahbariga Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi hamda forumning muvaffaqiyatli natijalari bilan tabrikladi.
Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini chuqurlashtirish doirasida oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.
Tovar ayirboshlash barqaror surʼat bilan oʻsayotgani, sanoat, energetika, transport, metallurgiya, kimyo va boshqa tarmoqlarda muhim loyihalar amalga oshirilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Joriy yil 22-24-aprel kunlari Toshkent shahrida oʻtgan navbatdagi “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat koʻrgazmasi yakunlari yuksak baholandi.
Yuqori texnologiyalar, taʼlim, sport, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash borasidagi hamkorlikka alohida eʼtibor qaratildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring