Oʻzbekiston Prezidenti mamlakatimiz tez fursatda JSTga aʼzo boʻlishi muhimligini taʼkidladi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 5-iyun kuni Jahon savdo tashkiloti (JST) bosh direktori doktor Ngozi Okonjo-Ivealani qabul qildi.
Uchrashuvda mamlakatimizning JSTga qoʻshilishi borasida koʻrilayotgan amaliy chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Qisqa muddat ichida Ishchi guruhning ikkita yigʻilishi oʻtkazilgani, aʼzo mamlakatlar bilan faol muzokaralar olib borilayotgani, qishloq xoʻjaligini qoʻllab-quvvatlash shartlari muhokama qilina boshlangani va milliy qonunchilikni tashkilotning meʼyor va qoidalariga muvofiqlashtirish ishlari davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.
Shuningdek, “yashil” iqtisodiyotni rivojlantirish, elektron savdo va raqamli xizmatlar eksportini oshirish sohasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhimligi taʼkidlandi.
Xalqaro savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha oʻzbekistonlik ekspertlarning salohiyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi. Shu maʼnoda, JSTning koʻmagi bilan Oʻzbekistonda Savdo siyosati boʻyicha kompetensiya markazini tashkil etish taklif etildi.
Davlatimiz rahbari JST bosh direktorini davra suhbatida ishtirok etgani va Oʻzbekistonning yetakchi universitetlari talabalari bilan uchrashgani uchun minnatdorlik bildirib, unga Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining faxriy doktori unvoni berilgani bilan tabrikladi.Uchrashuv yakunida Ngozi Okonjo-Iveala Oʻzbekistonning tashkilotga aʼzo boʻlish yoʻlidagi saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring