Oʻzbekiston elchisi Saudiya Arabistoni Valiahdiga ishonch yorliqlarini topshirdi
Foto: “Dunyo”
Oʻzbekistonning Favqulodda va Muxtor elchisi Nodirjon Turgʻunov Saudiya Arabistoni Valiahdi, Bosh vaziri Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saudga ishonch yorliqlarini topshirdi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, kecha, 30-sentyabr kuni Saudiya Arabistoni Valiahdi Podshoh Salmon bin Abdulaziz Ol Saud nomidan 37 ta xorijiy davlatning 2023-2024-yillarga tayinlangan elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qilib olgan.
Ar-Riyoz shahridagi Al-Yamama saroyida oʻtgan marosimdan keyin boʻlgan muloqotda Saudiya Arabistoni Valiahdi Muhammad bin Salmon Oʻzbekiston Prezidentiga mamlakat Podshohi hamda oʻzining samimiy tilaklari va iliq salomlarini yoʻllagan.
Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston va Saudiya Arabistoni oʻrtasidagi diplomatik munosabatlar 1992-yil 20-fevralda oʻrnatilgan.
Eslatib oʻtamiz, Nodirjon Turgʻunov 2024-yil mart oyida Oʻzbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchisi sifatida Ar-Riyoz shahriga kelgan edi. Shuningdek, u 2024-yil noyabr oyida Oʻzbekistonning Islom hamkorlik tashkilotidagi doimiy vakili sifatida akkreditatsiyadan oʻtgan. 2025-yil aprel oyida esa u bir vaqtning oʻzida mamlakatimizning birinchi elchisi sifatida Bahrayn Tashqi ishlar vazirligiga ishonch yorliqlari nusxalarini topshirgan edi. Shuningdek, u 2-iyun kuni Iordaniyadagi elchi sifatida ushbu mamlakat Podshohi Abdulloh II bin al-Husaynga ishonch yorliqlarini taqdim qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Komiljonov Muxammadsolih Sobirjon oʻgʻlining “Salomatlik landshaftlarini tashkil etish tamoyillarini ishlab chiqish” mavzusidagi (arxitektura fanlari boʻyicha) falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi eʼloni
- «Yevroosiyo Banki» Aksiyadorlik jamiyatining tugatish komissiyasi xabari
- Doʻstlik va hamkorlikni kengaytirgan forum (+fotoreportaj)
- Namangan – yangilanish va goʻzallik shahri
- Oʻzbekiston yoki Misr. Qaysi terma jamoa kuchli?
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring