Oʻzbekiston 63 ta davlatga toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2023-yilning yanvar-noyabr oylarida qiymati 2,8 mlrd AQSH dollarilik toʻqimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.
Bu koʻrsatkich umumiy eksportning 12,1 % ini tashkil etgan.
Eksport qilingan toʻqimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor toʻqimachilik mahsulotlari (41,3 %), kalava-ip (40,7 %) asosiy ulushni egallagan.
Yil boshidan 626 turdagi toʻqimachilik mahsulotlari dunyoning 63 ta davlatiga eksport qilingan. Natijada, toʻqimachilik mahsulotlari eksporti hajmi oʻtgan yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan.
Toʻqimachilik mahsulotlari tarkibida:
Tayyor toʻqimachilik mahsulotlari – 1,2 mlrd.
Kalava-ip – 1,1 mlrd.
Trikotaj mato – 284,8 mln.
Gazlamalar – 164,8 mln.
Paypoq mahsulotlari – 56,9 mln.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Investorlar uchun eng jozibador hudud yoxud investitsiya oqimidagi keskin tafovutning sabab va oqibatlari
- Alisher Navoiy – ilm va maʼno ehtiyoji manbai
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Bedilni xalqqa tanitgan xattot
- Oʻzlikni anglash sari muhim qadam: “Milliy qadriyatlar atlasi” kitob-albomi taqdimot qilindi (+video)
- Milliy naqshlarda oʻzligimiz namoyon
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring