Oʻzbek tili xalqimizni birlashtirgan kuchdir
Said DONISHEV/“Xalq soʻzi”. Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35-yilligi va Oʻzbek tili bayramini keng nishonlash maqsadida Jizzax shahridagi Hamid Olimjon va Zulfiyaxonim xiyobonida “Oʻzbek tili xalqimizni birlashtirgan kuchdir” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
Tadbirda Jizzax viloyati hamda shahar hokimligi, korxona va muassasa rahbarlari, oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari, harbiylar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Unda soʻzga chiqqanlar davlat tiliga ehtirom koʻrsatishda Prezidentimiz alohida oʻrnak boʻlayotganini, 2020-yilda BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida, 2023-yilda 78-sessiyasida, shuningdek, qator nufuzli anjumanlarda oʻzbek tilida nutq soʻzlagani ona tilimizning xalqaro maydondagi nufuzini yanada oshirishga xizmat qilayotganini taʼkidlashdi. Buyuk mutafakkir Alisher Navoiy bobomizning purmaʼno oʻgitlariga amal qilgan holda, yurtimizda til masalasida olib borilayotgan davlat siyosati xususida toʻxtalib oʻtishdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- “Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdir”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring