Oʻzbek–Afgʻon temir yoʻllari oʻrtasida yuklar tashuvi tiklandi
Joriy yilning 8-10-fevral kunlari Termiz shahrida Afgʻoniston temir yoʻllari boshqarmasi rahbari Bayturraxmon Sharofat boshchiligidagi afgʻon delegatsiyasi bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Uchrashuv natijasida Afgʻoniston temir yoʻl boshqarmasi va «Sogdiana trans» SʼHK oʻrtasida «Hayraton – Mozori-Sharif» temir yoʻlini ekspluatatsiya qilishni kelgusida davom ettirish boʻyicha, yangi shartnoma imzolashga kelishildi.
Shu bilan birga tomonlarning kelishuviga koʻra, Afgʻoniston tomoniga yoʻnaltirilgan vagonlarni “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJning «Sogdiana trans» SʼHK tomonidan Xayraton stansiyasiga yetkazib berish joriy yilning 10-fevralidan qayta tiklandi.
Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlar boʻyicha bayonnoma imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring