Ozarbayjon kompaniyasi Surxondaryoda 30 mingga yaqin koʻp qavatli uylar qurishni rejalashtirmoqda
Surxondaryo viloyati hokimi Ulugʻbek Qosimov bugun Ozarbayjondan tashrif buyurgan Tobus Bashtiyan Ltd kompaniyasi rahbari Naig Mammadxasanov va Kaspian Kapital Group kompaniyasi rahbari oʻrinbosari Adalat Axunovni qabul qildi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, uchrashuvda mehmonlarga viloyatning investitsion salohiyati va yangi loyihalarni amalga oshirish uchun mavjud imkoniyatlar taqdimot qilingan.
Xususan, uzumchilik va vinochilik, «Omonoxona» va «Sangardak» hududlarida turizm loyihalarini amalga oshirish, Termiz shahridagi eski uylarni renovatsiya usulida hamda boʻsh turgan yer maydonlarida 30 mingga yaqin koʻp qavatli turar joylar va zamonaviy yoʻllar qurish yoʻnalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilingan.
Mehmonlar mavjud imkoniyat va sharoitlar maʼqul ekanligini bildirib, loyihalarning texnik va iqtisodiy tomonlarini ishlab chiqish hamda qisqa muddatlarda loyihalarni amalga oshirish istagini bildirgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Harbiy xizmatni oʻtash bilan bogʻliq tartiblar yangilanadi
- Namanganda 3 ta yirik institut bitta universitetga birlashtiriladi
- Voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi takomillashtirilmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring