Onkologlar saratonning har xil turlari xavfini kamaytiradigan odatlar haqida maʼlumot berishdi

00:14 18 Iyun 2023 Dunyo
651 0

Illyustrativ foto

Angliyaning Nyukasl universiteti olimlari sogʻlom turmush tarziga rioya qilish, jumladan, sogʻlom tana vaznini saqlash, qizil va qayta ishlangan goʻshtni cheklash saraton xavfini kamaytirishini tasdiqladi.

Tadqiqotchilar 2018-yilgi Butunjahon saraton tadqiqotlari jamgʻarmasi va Amerika saraton tadqiqotlari instituti koʻrsatmalariga rioya qilish va turli xil saraton turlari bilan kasallanish oʻrtasidagi bogʻliqlikni oʻrganuvchi 18 ta tadqiqotni tizimli koʻrib chiqishdi va meta-tahlil qilishdi.

Ular ushbu koʻrsatmalarga rioya qilishni baholash uchun ishlatiladigan soʻrovnomadagi har bir 1 ballga koʻtarilishi ichak saratoni xavfini 12 foizga, koʻkrak saratoni xavfini 11 foizga va oʻpka saratoni xavfini 8 foizga kamaytirishini aniqladilar.Tavsiyalar orasida sogʻlom vaznni saqlash, jismoniy faol boʻlish, chekmaslik, spirtli ichimliklar, tez ovqatlanish, qizil goʻsht va shakarni cheklash kiradi.

Tavsiyalarga koʻra, parhezga koʻproq sabzavot, meva, don va dukkakli mahsulotlarni qoʻshish kerak. Bu jarayonda chaqaloqlarni koʻkrak suti bilan boqish ham foydalidir.

Oldingi tadqiqotlar shuni koʻrsatdiki, koʻp miqdorda qizil va qayta ishlangan goʻsht isteʼmol qilish ichak va spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish koʻkrak, yoʻgʻon ichak hamda qiziloʻngach saratoni xavfini oshiradi.

Qayd etilishicha, barcha saraton kasalliklarining taxminan 40 foizi hayot tarzining oʻzgartirilishi mumkin boʻlgan omillari bilan bogʻliq. Xususan, jismoniy faollik, tamakidan voz kechish, semirib ketishga yoʻl qoʻymaslik, toʻgʻri ovqatlanish va spirtli ichimliklar isteʼmol qilmaslik kabi ushbu kasallikning koʻplab holatlarining oldini olish mumkinligini koʻrsatmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер