Oliy Majlis delegatsiyasi Boku shahrida oʻtkazilgan xalqaro konferensiyada ishtirok etdi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi delegatsiyasi Boku shahrida Ozarbayjon Milli Mejlisi tomonidan YEXHT Parlament Assambleyasi (PA) bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Yashil iqtisodiyot, oʻzaro bogʻliqlik va barqaror rivojlanishni ragʻbatlantirish orqali xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashda milliy parlamentlarning roli” mavzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etdi.
Anjumanga YEXHT mintaqasining 27 mamlakati parlamentlari aʼzolari, shuningdek, xalqaro tashkilotlar vakillari taklif etildi.
Dasturga muvofiq tadbir “Barqaror rivojlanish va iqtisodiyotni tiklashda “yashil” konsepsiya va texnologiyalarning oʻrni” va “ Barqaror rivojlanish uchun xalqaro transport va savdoni ishga solgan xolda iqtisodiyotni ragʻbatlantirish orqali taʼminot zanjirlari barqarorligini mustahkamlash” mavzularidagi ikkita panel sessiyasi doirasida oʻtkazildi.
Ularda “yashil” iqtisodiyotga oʻtish qator muammolarni hal etishga xizmat qilishi, yashil texnologiyalar esa atrof-muhitni muhofaza qilishda eng samarali yechim ekani, bularning barchasi qator muammolarni hal etishda muhim omil boʻlishi taʼkidlab oʻtildi.
Konferensiya doirasida milliy parlamentlar aʼzolari xalqaro transport va savdoni yengillashtirish orqali taʼminot barqarorligini oshirishning dolzarb masalalarini, shuningdek, barqaror rivojlanish va iqtisodiyotni tiklashda yashil konsepsiya va texnologiyalarning rolini muhokama qildilar. Hamkor mamlakatlar BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish doirasida qoʻshma tashabbuslarni ilgari surishlari lozimligi, bunda yashil iqtisodiyot kelajakdagi inqirozlarga nisbatan chidamliroq boʻlish imkoniyatini kengaytirishi qayd etildi.
Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari, xususan, senator Q. Tursunov Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan islohot va oʻzgarishlar, xususan, “yashil” va inklyuziv iqtisodiy oʻsishni taʼminlash boʻyicha koʻrilayotgan choralarga toʻxtalib oʻtdi. Ishtirokchilarga “yashil” iqtisodiyotni ragʻbatlantirish va “yashil” oʻsish tamoyillarini joriy etish, Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyoti tarmoqlarida issiqxona gazlari chiqindilarini kamaytirishga qaratilgan saʼy-harakatlar haqida maʼlumot berildi.
Anjuman yakunida iqtisodiy va ekologik muammolarni birgalikdagi saʼy-harakatlar orqali bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sobiq bosh vazir uzoq muddatga qamaldi
- Tinchlik sulhi shartlari bajarilmoqda: Gʻazo 3 nafar, Isroil 90 nafar mahbusni vataniga qaytardi
- “Eng yaxshi maqolalar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
- Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini taʼminlash va kambagʻallikni qisqartirishga oid muhim qarorni imzoladi
- Turkiyada qalbaki alkogoldan yana 3 nafar oʻzbekistonlik hayotdan koʻz yumdi
- Oʻzbekistonda 2025-yil 1-apreldan elektr energiyasi va gaz narxlari oshiriladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring